Davlat texnikumlariga qabul “avval test, so‘ng tanlov” asosida amalga oshiriladi

Davlat texnikumlariga qabul “avval test, so‘ng tanlov” asosida amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoni bilan oliy va kasbiy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalariga oid qator normativ-huquqiy hujjatlarga muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Endi davlat texnikumlariga o‘qishga qabul qilish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmonining 5-bandida yangi tartiblar joriy etildi.

 

Mazkur 5-bandning “g” kichik bandiga ko‘ra:

 

—Davlat texnikumlariga o‘qishga qabul qilish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar texnikum, kasb (mutaxassislik) hamda ta’lim shaklini oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilishning yakuniy natijalari e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddat ichida tanlaydi.

 

—Shuningdek, texnikumlarda o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha tasdiqlangan qabul parametrlariga nisbatan to‘lmay qolgan vakant o‘rinlarga abituriyentlarni qo‘shimcha qabul qilish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga maqsadli davlat granti kvotalarini taqsimlash tartibi tasdiqlandi.

 

Avvalroq, farmonga muvofiq, 2027/2028 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasiga o‘qishga qabul qilishning yangi tizimi joriy qilinishi haqaida xabar bergan edik.