2026-yil 16-aprel kuni xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari tashkil etiladi.
Mazkur test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar hamda imtihon o‘tkaziladigan hududlar bilan quyidagi PDF fayl orqali tanishishlari mumkin.
Ishtirokchilar ma’lumotlarini my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda berilgan ariza raqami yordamida tekshirishlari mumkin.
2026-yilning II-choragida o‘tkaziladigan imtihon sanalari haqida xabar berilgan edi.
Nomzodlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
Izoh: talabgorlar turli sabablarga ko‘ra, test topshirish hududini yoki test topshirish tilini o‘zgartirish uchun https://t.me/NostrifikatsiyaBBA_bot manzili orqali (ariza raqami, ism, familiya va sharifini keltirgan holda) murojaat qilishlari mumkin.
Ro‘yxat – Faylni yuklash
