Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 16-aprel kuni bo‘lib o‘tadi (ro‘yxat)

Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 16-aprel kuni bo‘lib o‘tadi (ro‘yxat)

2026-yil 16-aprel kuni xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari tashkil etiladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar hamda imtihon o‘tkaziladigan hududlar bilan quyidagi PDF fayl orqali tanishishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ishtirokchilar ma’lumotlarini my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda berilgan ariza raqami yordamida tekshirishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2026-yilning II-choragida o‘tkaziladigan imtihon sanalari haqida xabar berilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Nomzodlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Izoh: talabgorlar turli sabablarga ko‘ra, test topshirish hududini yoki test topshirish tilini o‘zgartirish uchun https://t.me/NostrifikatsiyaBBA_bot manzili orqali (ariza raqami, ism, familiya va sharifini keltirgan holda) murojaat qilishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ro‘yxat – Faylni yuklash⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠