Kadirov Xayot Sharipovich Kasbiy ta’lim agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kasbiy ta’lim agentligi xabar berdi.
Kadirov Xayot Sharipovich 1981-yil 2-avgustda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 2004-yildaNizomiy nomidagi TDPUni tamomlagan. Pedagogika fanlari doktori, professor.
Faoliyati davomida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh ilmiy xodimi, Nizomiy nomidagi TDPU kasb-hunar ta’limi fakulteti dekan o‘rinbosari, kasb-hunar ta’limi metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi, kasb-hunar ta’limi fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, o‘quv-uslubiy bo‘lim mudiri, Pedagogika va psixologiya, boshlang‘ich ta’lim, texnologik ta’lim va kasb-hunar ta’limi fakultetlari dekani, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori kabi mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.
Tayinlovga qadar Namangan davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Avvalroq, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga rahbar tayinlangani haqida xabar bergan edik.
