Samarqanddagi maktabda ayol o‘g‘lining sinfdoshini sinfxona ichida urdi (video)

Samarqanddagi maktabda ayol o‘g‘lining sinfdoshini sinfxona ichida urdi (video)

Samarqanddagi maktablarning birida ayol oʻgʻlining sinfdoshini sinf ichida quvib, unga qoʻl koʻtargan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ Rasmiylar ushbu holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan nazoratga olinganini maʼlum qildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada maktabda oʻquvchilardan birining onasi boshqa bir oʻquvchini kaltaklagani aks etgan. Mazkur holat joriy yilning 6-aprel kuni Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanidagi 53-sonli umumtaʼlim maktabida, birinchi dars soatida sodir boʻlgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Holat yuzasidan viloyat MMTB rasmiy munosabat bildirdi. Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 3-aprel kuni darsdan qaytayotgan vaqtida oʻzaro janjallashib qolgan 1-sinf 4 nafar oʻquvchilarining ota-onalari kecha, 6-aprel kuni suhbat oʻtkazish maqsadida sinf rahbari tomonidan maktabga chaqirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Shu vaqtda maktabga kelgan oʻquvchilardan birining onasi boshqa bir oʻquvchiga nisbatan qoʻl koʻtargan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Ayni paytda mazkur holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan nazoratga olingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq Samarqandda direktor o‘rinbosari o‘quvchiga nisbatan zo‘ravonlik qilgani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠