Bozor xizmatlari ichida eng yuqori oʻsish surʼati taʼlim sohasida kuzatilmoqda

Bozor xizmatlari ichida eng yuqori oʻsish surʼati taʼlim sohasida kuzatilmoqda

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston bozor xizmatlari ichida eng tez oʻsish taʼlim sohasida kuzatilgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.

 

Unga koʻra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonda koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 168,2 trln soʻmni tashkil etgan.

 

Xizmatlar turlari boʻyicha oʻsish surʼatlari quyidagicha:

 

Taʼlim sohasidagi xizmatlar — 121,2 %;

 

Moliyaviy xizmatlar — 120,8 %;

 

Savdo xizmatlari — 119,8 %;

 

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 117,7 %;

 

Meʼmorchilik va muhandislik sohasidagi xizmatlar — 115,9 %;

 

Koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar — 115,5 %;

 

Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 114,9 %;

 

Ijara xizmatlari — 112,8 %;

 

Kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar — 111,6 %;

 

Sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 109,7 %;

 

Shaxsiy xizmatlar — 109,1 %;

 

Transport xizmatlari — 108,3 %;

 

Boshqa xizmatlar — 113,1 %.

 

Avvalroq Oʻzbekistonda 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida taʼlim sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 34,2 trln soʻmni tashkil etganligi haqida xabar bergan edik.