Metodik ishlarni ommalashtirishning yangi tartibi tasdiqlandi

Metodik ishlarni ommalashtirishning yangi tartibi tasdiqlandi

MMTV ning 2026-yil 27-fevraldagi 84-sonli buyrug’i bilan o‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirishning yangi tartibi tasdiqlandi. Tartibga ko‘ra, amaldagi platforma faoliyati tugatilib, o‘rniga yangisi ishga tushiriladi. Shuningdek, endi barcha metodik ishlar plagiat xulosasi bilan birga platformaga yuklanishi majburiy etib belgilanmoqda.

 

Metodik ishlarni yangi ommalashtirish.avloniy.uz platformasiga joylashtirish jarayoni 20-martdan 10-aprelgacha davom etadi. Platformada ortiqcha yuklama bo‘lmasligi va tizim sekinlashib qolmasligi uchun hujjatlarni 1–2 aprel kunlari yuklash tavsiya etiladi.

 

Endilikda metodik ishlar avvalo maktab miqyosida Pedagogik kengash qarori bilan ommalashtiriladi. Bu jarayon 20-martgacha amalga oshirilishi kerak.

 

Shundan so‘ng metodik ish ommalashtirish.avloniy.uz platformasiga joylashtirilib, keyingi bosqichga yuboriladi. Platformaga yuklashning oxirgi muddati 10-aprel hisoblanadi.

 

Talabgor quyidagi hujjatlarni elektron shaklda yuklashi kerak:

 

Maktab miqyosida ommalashtirilganligi to‘g‘risidagi Pedagogik kengash qarori nusxasi;

 

Metodik ishning elektron nusxasi;

• PDF formatda
• DOCX formatda

 

Talabgor to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (obyektivka) hamda mutaxassisligi bo‘yicha diplom nusxasi; (zarur bo‘lsa qayta tayyorlov sertifikati bilan)

 

Metodik ishning plagiatga qarshi tizimdan o‘tganligi haqidagi xulosa;

 

(Masalan: antiplagiat.avloniy.uz yoki boshqa plagiat tekshiruv tizimlari. Metodik ishning originallik darajasi kamida 70% bo‘lishi shart.)

 

Mutaxassislar tomonidan berilgan ijobiy taqriz nusxasi;

 

Mualliflarning yozma roziligi nusxasi; (agar metodik ish bir nechta muallif bilan yozilgan bo‘lsa)

 

Agar hujjatlar:

 

• to‘liq taqdim etilmasa
• belgilangan talablarga mos kelmasa

 

bunday metodik ishlar ko‘rib chiqilmaydi va rad etiladi.

 

Metodik ishlar tuman (shahar) hamda viloyat (Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) miqyosida ikki bosqichli ekspertiza asosida ko‘rib chiqiladi.

 

1-bosqich — Texnik ekspertiza

 

Ushbu bosqichda quyidagilar tekshiriladi:

 

  • metodik ishning belgilangan talablarga mosligi
  • hujjatlarning to‘liqligi
  • antiplagiat xulosasining mavjudligi
  • platformaga to‘g‘ri va to‘liq joylashtirilganligi

 

Texnik ekspertiza Institut hamda hududiy pedagogik mahorat markazlari mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Texnik ekspertiza talablariga javob bermagan metodik ishlar keyingi bosqichga o‘tkazilmaydi.

 

Endilikda barcha metodik ishlar plagiat xulosasi bilan birga platformaga yuklanishi majburiy hisoblanadi.