Metodik ishlarni ommalashtirishning yangi tartibi tasdiqlandi

Metodik ishlarni ommalashtirishning yangi tartibi tasdiqlandi

MMTV ning 2026-yil 27-fevraldagi 84-sonli buyrug’i bilan o‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirishning yangi tartibi tasdiqlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠ Tartibga ko‘ra, amaldagi platforma faoliyati tugatilib, o‘rniga yangisi ishga tushiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠ Shuningdek, endi barcha metodik ishlar plagiat xulosasi bilan birga platformaga yuklanishi majburiy etib belgilanmoqda.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

Metodik ishlarni yangi ommalashtirish.avloniy.uz platformasiga joylashtirish jarayoni 20-martdan 10-aprelgacha davom etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠ Platformada ortiqcha yuklama bo‘lmasligi va tizim sekinlashib qolmasligi uchun hujjatlarni 1–2 aprel kunlari yuklash tavsiya etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

Endilikda metodik ishlar avvalo maktab miqyosida Pedagogik kengash qarori bilan ommalashtiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠ Bu jarayon 20-martgacha amalga oshirilishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shundan so‘ng metodik ish ommalashtirish.avloniy.uz platformasiga joylashtirilib, keyingi bosqichga yuboriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠ Platformaga yuklashning oxirgi muddati 10-aprel hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

Talabgor quyidagi hujjatlarni elektron shaklda yuklashi kerak:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

Maktab miqyosida ommalashtirilganligi to‘g‘risidagi Pedagogik kengash qarori nusxasi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

Metodik ishning elektron nusxasi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

• PDF formatda
• DOCX formatda⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

Talabgor to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (obyektivka) hamda mutaxassisligi bo‘yicha diplom nusxasi; (zarur bo‘lsa qayta tayyorlov sertifikati bilan)⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

Metodik ishning plagiatga qarshi tizimdan o‘tganligi haqidagi xulosa;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

(Masalan: antiplagiat.avloniy.uz yoki boshqa plagiat tekshiruv tizimlari.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠ Metodik ishning originallik darajasi kamida 70% bo‘lishi shart.)⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

Mutaxassislar tomonidan berilgan ijobiy taqriz nusxasi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

Mualliflarning yozma roziligi nusxasi; (agar metodik ish bir nechta muallif bilan yozilgan bo‘lsa)⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

Agar hujjatlar:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

• to‘liq taqdim etilmasa
• belgilangan talablarga mos kelmasa⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

bunday metodik ishlar ko‘rib chiqilmaydi va rad etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

Metodik ishlar tuman (shahar) hamda viloyat (Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) miqyosida ikki bosqichli ekspertiza asosida ko‘rib chiqiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

1-bosqich — Texnik ekspertiza⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

Ushbu bosqichda quyidagilar tekshiriladi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

  • metodik ishning belgilangan talablarga mosligi
  • hujjatlarning to‘liqligi
  • antiplagiat xulosasining mavjudligi
  • platformaga to‘g‘ri va to‘liq joylashtirilganligi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

Texnik ekspertiza Institut hamda hududiy pedagogik mahorat markazlari mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

Texnik ekspertiza talablariga javob bermagan metodik ishlar keyingi bosqichga o‘tkazilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

Endilikda barcha metodik ishlar plagiat xulosasi bilan birga platformaga yuklanishi majburiy hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠