“HEMIS” yana yangilandi: oxirgi versiyaga QR-davomat va ijtimoiy faollik kabi funksiyalar qo‘shilgan

“HEMIS” yana yangilandi: oxirgi versiyaga QR-davomat va ijtimoiy faollik kabi funksiyalar qo‘shilgan

HEMIS tizimi 2026-yil 12-mart kuni yana yangilandi. Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. 

 

Yangi versiyasida amalga oshirilgan barcha o‘zgarishlar bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin:

 

O‘quv rejasidan tashqari fanlar davomati:

 

“Ma’rifat soati” kabi o‘quv rejasiga kirmaydigan mashg‘ulotlarni dars jadvaliga kiritish va ular bo‘yicha alohida davomat yuritish imkoniyati qo‘shildi.

 

QR-davomat funksionali:

 

Dars vaqtida real vaqt rejimida dinamik QR-kodni o‘qitish orqali talabalar davomatini avtomatik qayd etish tizimi ishga tushirildi.

 

Kursdan kursga o‘tkazish:

 

Ta’lim buyruqlari menyusi orqali talabalarni yuqori bosqichga (kursga) o‘tkazish bo‘yicha buyruqlarni rasmiylashtirish funksiyasi qo‘shildi.

 

O‘qishni ko‘chirish:

 

Tizimga boshqa OTMlardan o‘qishini ko‘chirib kelgan talabalar ma’lumotlarini kiritish va tegishli ta’lim buyruqlarini shakllantirish imkoniyati yaratildi.

 

Bitirish buyrug‘i:

 

Bitiruvchi kurs talabalari uchun ta’lim buyruqlari funksionali orqali o‘qishni tamomlash (bitirish) buyrug‘ini rasmiylashtirish funksiyasi qo‘shildi.

 

Semestrdan semestrga o‘tkazish:

 

Talabalarni bir o‘quv yili doirasidagi navbatdagi semestrlarga o‘tkazish jarayonini boshqarish funksionali ishlab chiqildi.

 

Ijtimoiy faollik indeksi:

 

Talabalarning grant taqsimoti uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy faollik ballarini hisoblash, arizalar yuborish va ularni tasdiqlash moduli qo‘shildi.

 

Akademik yozuvlar importi:

 

OTMlarning boshqa axborot tizimlaridan akademik ma’lumotlarni (baholarni) integratsiya orqali HEMIS tizimiga ko‘chirish (import qilish) imkoniyati yaratildi.

 

O‘quv reja filtrlari:

 

O‘quv rejalar ro‘yxati sahifasida qidiruv tizimi takomillashtirilib, unga “Ta’lim turi” va “Ta’lim shakli” bo‘yicha saralash filtrlari qo‘shildi.

 

Fanga biriktirish va baholash turi:

 

Talabalarni fanga biriktirish jarayonida fanning yakuniy nazorat turi (imtihon)ni tanlash va ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi.

 

Resurslar katalogi filtrlari:

 

Fan resurslari bo‘limidagi resurslar katalogi sahifasida qidiruv imkoniyatlari kengaytirildi va yangi filtrlar qo‘shildi.

 

Baholarni tuzatishdagi texnik kamchilik:

 

Kurs ishi va amaliyot qaydnomalarida so‘rov orqali o‘zgartirilgan baholarning akademik yozuvlarda (transkript) ko‘rinmaslik xatoligi to‘liq bartaraf etildi.

 

Barcha yangi funksiyalar hozirda tizimda faol holatda.

 

2026-yil 31-yanvar kuni HEMIS tizimining 1.5.9-versiyasi ishga tushgan edi.  

 

Shuningdek, Hemis qaydnoma­sidagi xato ballarni tuzatish funksionali, o‘qishini ko‘chirgan talabalarni HEMIS tizimiga kiritish yo‘riqnomasi va Hemisdagi baholarni o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ham xabar bergan edik.