Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining stat.edu.uz platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda jami 207 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Ularda 1 million 632 ming 980 nafar talaba tahsil olmoqda.
Statistikaga ko‘ra, OTMlarning 101 tasi davlat, 74 tasi nodavlat, 32 tasi esa xorijiy oliy ta’lim muassasalari hisoblanadi.
Oliy ta’lim tizimida hozirda 48 995 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Talabalar soni esa 1 million 632 ming 980 nafarga yetgan.
Talabalar tarkibida ayollar ko‘pchilikni tashkil etadi. Umumiy talabalar sonining 888 996 nafari ayollar, 743 984 nafari erkaklardir.
Ta’lim bosqichlari kesimida talabalar soni quyidagicha:
— bakalavr bosqichi — 1 566 147 nafar;
— magistratura — 60 020 nafar;
— ordinatura — 6 813 nafar.
Statistikaga ko‘ra, talabalarning asosiy qismi to‘lov-kontrakt asosida tahsil olmoqda. Kontrakt asosida o‘qiyotganlar soni 1 462 886 nafar, davlat granti asosida tahsil olayotganlar esa 170 094 nafarni tashkil etadi.
Hududlar kesimida OTMlar soni quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 11 ta;
- Andijon viloyati — 9 ta;
- Buxoro viloyati — 10 ta;
- Farg‘ona viloyati — 9 ta;
- Jizzax viloyati — 5 ta;
- Xorazm viloyati — 8 ta;
- Namangan viloyati — 7 ta;
- Navoiy viloyati — 4 ta;
- Qashqadaryo viloyati — 9 ta;
- Samarqand viloyati — 14 ta;
- Sirdaryo viloyati — 3 ta;
- Surxondaryo viloyati — 6 ta;
- Toshkent viloyati — 17 ta;
- Toshkent shahri — 95 ta.
Hududlar kesimida eng ko‘p oliy ta’lim muassasalari Toshkent shahrida — 95 ta. Eng kam ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatida bo‘lib, bu yerda 3 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud.
Mazkur statistik ma’lumotlar HEMIS axborot tizimi orqali real vaqt rejimida shakllantirilgan.
Avvalroq, Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, bitiruvchilar natijasiga ko‘ra Toshkent shahridagi eng yaxshi tuman nomi aniqlanganligi haqida xabar bergan edik.
