Joriy o‘quv yilida maktablarda bahorgi ta’til avvalgi yillardan ko‘proq davom etadi. Bahorgi ta’tilning boshlanish sanasi 19-mart kuniga to‘g‘ri kelib, IV chorak o‘quv darslari 30-martdan boshlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomga koʻra, mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun bahorgi taʼtil 21-mart, shanba kunidan boshlanib, 27-martga qadar (7 kalendar kun) davom etishi kerak.
Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) huzuridagi Musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashining Fatvo hay’ati 2026-yil Ramazon hayiti 20-mart sanasiga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.
Qo‘shma qarorga ko‘ra, 2026-yilda Ramazon oyining birinchi kuni 19-fevral, payshanbaga to‘g‘ri keladi. Ramazon hayiti esa 20-mart, juma kuni nishonlanishi aniqlangan.
Shu sababdan, 2026-yil bahorgi ta’til 21-mart emas 20-mart kunidan boshlanadi.
Barcha maktablarda III chorakning oxirgi o‘qish kuni 19-martga to‘g‘ri keladi. 19-mart kuni dars mashg’ulotlari to’liq olib boriladi. 20-mart kuni Ramazon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha dam berilsa, 21-mart kunidan rasmiy tarzda bahorgi ta’til boshlanadi.
Nizomga ko‘ra, bahorgi ta’til 7 kalendar kun davom etishi belgilangan. Ta’tilning oxirgi kuni 28-mart, shanbaga to‘g‘ri kelishi sabab, IV chorak o‘quv darslari 30-mart, dushanba kunidan boshlanadi.
«2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo’shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko’chirish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolanib, qo‘shimcha dam olish kunlari belgilansa, ta’til kunlarida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
