2026-yil uchun ‘‘Yil o‘qituvchisi’’ ko‘rik tanlovining ikkinchi bosqich natijalari eʼlon qilindi. Unda tanlovning dastlabki bosqich natijalari boʻyicha saralab olingan 624 nafar talabgor pedagog oʻzaro bellashdi.
Ishtirokchilar o‘zlarining pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetiga kirib natijalarini ko‘rishlari mumkin.
Har bir tuman/shahardan birinchi va ikkinchi bosqichni qo‘lga kiritgan pedagoglar yakuniy bosqichda ishtirok etishadi va eng yuqori ball to‘plagan bitta o‘qituvchi g‘olib deb topiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, har bir tuman (shahar) boʻyicha 2 nafardan, jami 416 nafar pedagog tanlovning uchinchi bosqichiga tavsiya etildi.
G‘olib bo‘lgan pedagog BHM 1400 barobariga teng pul mukofoti 576 800 000 so‘m bilan taqdirlanadi.
Avvalroq, “Yil oʻqituvchisi” tanlovining 3-bosqich shartlariga ayrim oʻzgartirishlar kiritilayotgani haqida xabar bergan edik.


