“Rektorlar qayerga qarab o‘tiribdi?” — Prezident rektorlar faoliyatini keskin tanqid qildi

“Rektorlar qayerga qarab o‘tiribdi?” — Prezident rektorlar faoliyatini keskin tanqid qildi

Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti davom etmoqda.

 

Muloqot davomida Shavkat Mirziyoyev barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlarini tanqid qilib, ularni ogohlikka chaqirdi.

 

Prezident rektorlarni bitiruvchilarning katta qismi ishsiz qolayotgani, ularni ish bilan ta’minlab berilmayotgani uchun tanqid qildi.

 

Respublika boʻyicha 157 ta oliygohdan atigi 12 tasi, bitiruvchilar bilan loyiha qilib, bank krediti orqali 100 nafardan ortiq talabani tadbirkor qildi. Qolgan rektorlar qayerga qarab oʻtiribdi? Nimaga oylik olyapti? Nimaga vijdoni boʻlsa oyligining 50 foizini davlatga topshirmaydi, diplomga? Yana bir marta rektorlarni ogohlantiraman. – deydi Mirziyoyev.

 

Shuningdek, Prezidentning o‘zi ham oliy ta’lim muassasasida faoliyat olib borganini eslab o’tdi hamda maktab bitiruvchilari maktabni birorta ham til o‘rganmasdan tamomlayotganini ta’kidladi.

 

4-5 yil lavozimda oʻtirib, talabani ishli qilmagan rektorlar lavozimda oʻtirishga haqqi bormi, degan savol meni qiynaydi. Men ham institutda koʻp yil ishlaganman. Nimaga oliygohni tamomlaganlar 100 foiz ishli boʻlmaydi? Nimaga maktabda 11 yil oʻqigan bola bitta tilni oʻrganmaydi? Nimaga maktabda 11 yil oʻqitgan muallim, maktab direktori bitta kasbni oʻrgatmaydi? — degan Prezident Shavkat Mirziyoyev.