Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi OTMlarda imtiyozli “super-kontrakt” bekor qilindi

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi OTMlarda imtiyozli “super-kontrakt” bekor qilindi

Hukumat qarori bilan Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi oliy taʼlim tashkilotlariga kirish ballini to‘play olmagan abituriyentlar uchun amalda bo‘lgan 50 foizlik imtiyozli “super-kontrakt” tartibi bekor qilindi.

 

Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom (13.09.2025-yil №578 VM qarori bilan tasdiqlangan)ga ozgatirish kirildi.

 

Unga ko‘ra, Nizomning 74-bandidagi quyidagi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlandi: Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi oliy taʼlim tashkilotlariga kirish uchun belgilangan qabul chegarasidan kam ball toʻplagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori muayyan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi uchun belgilangan toʻlov-kontrakt miqdorining 50 foizi miqdorida belgilanishi mumkin.

 

Avvalgi tartibga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim tashkilotlariga kirish ballini to‘play olmagan abituriyentlar uchun alohida moliyaviy yengillik mavjud edi.

 

Bu tartib qanday ishlardi? Odatda, o‘qishga kirish chizig‘idan pastda qolgan abituriyent «super-kontrakt» asosida qabul qilinishi uchun oddiy kontraktning bir necha barobari (masalan, 8-10 barobar) miqdorida to‘lov qilishi kerak. Biroq yuqoridagi band qishloq xo‘jaligi sohasini tanlaganlarga imtiyoz berilar edi: ular belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov miqdorining 50 foizini to‘lab ham talaba bo‘lish imkoniga ega edi.

 

Endi nima o‘zgardi? Mazkur oliygohlarga kirish ballini to‘play olmagan abituriyentlar boshqa universitetlardagi kabi umumiy asoslarda, to‘liq miqdordagi tabaqalashtirilgan kontrakt (super-kontrakt) to‘lovini amalga oshiradilar.


Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi OTMlar:

 

  1. Toshkent davlat agrar universiteti
  2. Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti
  3. Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
  4. Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti
  5. Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti

 

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tizimidagi OTMlar:

 

  1. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
  2. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali
  3. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali