Muhokamalar portaliga “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risida’’gi Farmon loyihasi joylashtirildi.
Loyihaga asosan, 2026/2027 oʻquv yilida Oliy taʼlim tashkilotlariga kirish istagida boʻlmagan yoshlarni texnikumlarga yoʻnaltirish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Bular:
1. 11-sinf bitiruvchilari orasida oliy taʼlimga qiziqishi past boʻlgan oʻquvchilarni aniqlash;
2. Maktablar va mahalla yoshlari yetakchilari orqali oʻquvchilarni texnikumlarda oʻqitiladigan kasb va mutaxassisliklar bilan tanishtirish uchun maktablarda “Kasb tanlash haftaligi” tadbirini va kasbga yoʻnaltirish ishlarini tashkil qilish;
3. Texnikumlarda oʻqish istagida boʻlgan yoshlarni texnikumlarga qabul qilish belgilangan.
Bundan tashqari, maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Kasb tanlash haftaligi” tadbiri oʻtkazilib, har bir kasb xususiyatlari boʻyicha maktab oʻquvchilariga maʼlumot beriladi. Kasb oʻrganish istagida boʻlgan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari aniqlanadi, hamda Oliy taʼlimga kirish istagida boʻlmagan 200 mingga yaqin oʻquvchilar kasbga oʻqitiladi.
Kasblarni mustaqil egallash tizimi
Joriy yilda kasblarni mustaqil egallash va sertifikat berish tizimini yo‘lga qo‘yishda “Kasbiy rivojlanish platformasi” ishga tushirib, aholiga mustaqil ravishda 100 dan ziyod kasblar boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish va rivojlantirish, mustaqil taʼlim yakunlari boʻyicha sertifikat berish tizimini joriy etish rejalashtirilgan.
“Kasbiy rivojlanish platformasi”ning mustaqil kasbiy taʼlim olish uchun zarur boʻlgan oʻquv materiallari, videodarslik va simulyatsion mashqlarni oʻz ichiga olgan kontentlar bilan taʼminlanadi.
Bunda:
– aholiga qisqa muddatda mustaqil oʻrganadigan 100 dan ortiq kasblar roʻyxati belgilanadi.
– kasblarni mustaqil oʻrganish uchun taʼlim kontentlari, videodarslik va simulyatsion mashqlar tayyorlanadi.
– kasblarni mustaqil oʻrganish yakunida sertifikat beriladi.
