OTMlar uchun HEMIS tizimining yangi — 1.5.9-versiyasi ishga tushirildi

OTMlar uchun HEMIS tizimining yangi — 1.5.9-versiyasi ishga tushirildi

HEMIS tizimining 1.5.9-versiyasi (2026-yil 31-yanvar) oliy ta’lim muassasalarida foydalanish uchun ishga tushirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi versiyada ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator muhim yangiliklar joriy etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qayd etilishicha, yangilanishlar baholash, akademik guruhlar, so‘rovnomalar, o‘quv rejalar va buyruqlar bilan ishlash jarayonlarini yanada qulaylashtiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunda:

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– baholash tizimida yangi parametr – o‘quv jarayoni/baholash tizimi funksionaliga joriy va oraliq nazoratlar yig‘indisi uchun o‘tish chegarasini belgilash imkoniyati qo‘shildi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– akademik guruhlar funksionali takomillashtirildi – talabalar/akademik guruhlar bo‘limida kichik guruhlar yaratishda fan guruhlaridan ham foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– bahoni tuzatish so‘rovlari statuslari ko‘rinadigan qilindi – o‘qituvchi profilida fan qaydnomalari bo‘yicha bahoni tuzatish uchun yuborilgan so‘rovlarning statuslari aks ettiriladigan bo‘ldi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– global so‘rovnoma funksionali – talaba va o‘qituvchi profillariga Global so‘rovnoma funksiyasi qo‘shilib, keng ko‘lamli so‘rovnomalarda ishtirok etish imkoniyati yaratildi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– ta’lim buyruqlari funksionali kengaytirildi – ta’lim buyruqlari bo‘limida o‘qishga qabul qilingan talabalarni darslarga qatnashishga ruxsat berish va guruhlarga biriktirish bo‘yicha yangi farmoyish funksiyasi yaratildi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– dars jadvali va fan mavzularidagi xatoliklar bartaraf etildi – dars jadvalidagi kunlik darslarni nusxalash hamda fan mavzularini filtrlash funksiyasidagi xatoliklar tuzatildi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– shaxsiy qaydnomalarni Excel’ga eksport qilish – o‘zlashtirish/shaxsiy qaydnoma sahifasida shaxsiy qaydnomalar ro‘yxatini Excel formatiga eksport qilish imkoniyati qo‘shildi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– o‘quv reja yuklamasi hisob-kitobi aniqlashtirildi – o‘quv reja umumiy yuklamasida nofaol fanlar yuklamasini hisobga olish bilan bog‘liq kamchilik bartaraf etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, fan sillabusi (dasturi) bo‘yicha nazoratlar cheklovi kuchaytirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘quv rejadagi fan sillabusi funksionalida:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • nazorat turlarining umumiy ball maksimal chegarasidan oshmasligi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • talaba baholanganidan so‘ng nazorat turlarini tahrirlash cheklanishi ta’minlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠