Xabaringiz bor, joriy yilning 1-yarmida o‘tkaziladigan umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart va aprel oylarida o‘tkaziladi. Rejaga muvofiq, 2026-yilning 30-yanvar kuni matematika, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish yakunlanadi.
To‘lovni esa ertaga, 31-yanvargacha amalga oshirish lozim. Belgilangan muddatgacha to‘lov qilinmagan taqdirda sinovga qo‘yilmaydi.
Test sinovlari 2026-yilning 21–22-fevral kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Imtihonlar umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash maqsadida yanvar–aprel oylarida tashkil etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlash orqali aynan o‘sha hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
Kichik yoshdagi o’quvchilarning milliy sertifikat imtihonida qatnashish uchun ariza berish tartibi: https://talimxabarlari.uz/66392/
