Toshkentdagi xususiy bog‘chada bolani uxlamagani uchun urgan tarbiyachi ishdan olindi (video)

Toshkentdagi xususiy bog‘chada bolani uxlamagani uchun urgan tarbiyachi ishdan olindi (video)

Toshkent shahrida joylashgan xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan. Bu haqda Millar dasturida ma’lum qilindi.

 

Holat joriy yilning 22-yanvar kuni Olmazor tumanidagi American Daycare nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yuz bergan.

 

Ma’lum qilinishicha, bog‘cha tarbiyachisi tushlik vaqtida uxlamagan bola bilan qo‘pol muomala qilib, unga qo‘l ko‘targan. Oqibatda bolaning burnidan qon kelgani aytilmoqda. Mazkur holatdan so‘ng muassasa ma’muriyati ushbu tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganini bildirdi.

 

Bolaning onasi ta’kidlashicha, hodisa boshqa bolalar uyg‘onganidan keyin sodir bo‘lgan.

 

«Bolamni kiyintirib, yuz-qo‘lini yuvib, yonimga tushirib yuborishganda men bog‘chaga kelgan edim”, – deydi bolaning onasi.

 

Mazkur voqea yuzasidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Boshqarma vakillarining ma’lum qilishicha, tekshiruv natijalariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi.