Buxoroda ikki nafar 6-sinf o‘quvchisi TOPIK va CEFR B2 sertifikatlarini qo‘lga kiritdi

Buxoroda ikki nafar 6-sinf o‘quvchisi TOPIK va CEFR B2 sertifikatlarini qo‘lga kiritdi

Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 8-umumtaʼlim maktabining 6-sinf oʻquvchisi Mushtariybegim Rustamova ingliz tilini bilish darajasini baholovchi B2 milliy sertifikatiga ega boʻldi.

 

U CEFR test sinovi qismlaridan mos ravishda quyidagicha natija koʻrsatgan:

 

Listening (Tinglab tushunish) — 75;

 

Reading (Oʻqish) — 60;

 

Writing (Yozish) — 59;

 

Speaking (Gapirish) — 51.

 

Shuningdek, Buxoro tumanidagi 3-umumtaʼlim maktabining 6-sinf oʻquvchisi Shaxnozabonu Boboniyozova koreys tilini bilish darajasini aniqlovchi xalqaro TOPIK I sertifikatini qoʻlga kiritdi.

 

Ma’lumot uchun, TOPIK (Test of Proficiency in Korean) — koreys tilini ona tili bo‘lmagan shaxslarning koreys tilida ifoda etish va tushunish qobiliyatini aniqlashga mo‘ljallangan yozma imtihondir.

 

TOPIK testi koreys tilida o‘qish, yozish, gapirish va tinglab tushunish ko‘nikmalarini baholaydi. Imtihon uchta asosiy darajadan iborat: boshlang‘ich (Beginner), o‘rta (Intermediate) va yuqori (Advanced). Har bir daraja ikki bosqichga bo‘lingan bo‘lib, umumiy hisobda 6 ta baho (grade) orqali til bilish darajasi aniq baholanadi.

 

Avvalroq, buxorolik 5-sinf o‘quvchisi CEFR B2 darajali sertifikatni qo‘lga kiritgan edi.

 

Shu bilan birga, Buxoroda 6-sinf oʻquvchisi CEFR B2 sertifikatini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.