Buxoroda 6-sinf oʻquvchisi CEFR B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi

Buxoroda 6-sinf oʻquvchisi CEFR B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi

Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumanidagi Ixtisoslashgan maktabning 6-sinf oʻquvchisi Sarvar Yunusov CEFR B2 darajali sertifikatni qo‘lga kiritdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, Sarvar Yunusov ayni paytda vaqtining ko‘p qismini ingliz tiliga bog‘lagan.

 

Ustozining aytishicha, u CEFR imtihoniga bir oydan ortiqroq vaqt tayyorlangan.

 

‘‘Hozirda Qorovulbozor tumanidagi eng yosh CEFR B2 darajali sertifikat egasi bo‘lib turibdi. Albatta kelajakda yana tayyorlanib sertifikatini yangilamoqchi’’, — deydi ustozi.

 

U chet tilini bilish darajasi aniqlash test sinovi qismlaridan mos ravishda quyidagicha natija koʻrsatgan:

 

Listening (Tinglab tushunish) — 54;

 

Reading (Oʻqish) — 56;

 

Writing (Yozish) — 59;

 

Speaking (Gapirish) — 45.

 

Avvalroq, Navoiy viloyati 22-umumtaʼlim maktabining 5-sinf oʻquvchisi Islombek Mansurov Chet tilini bilish darajasi boʻyicha B2 sertifikatni qoʻlga kiritgani haqida xabar berilgan edi.

 

Shuningdek, Navoiy viloyati 5-sinf o‘quvchisi Ergasheva Yasmina CEFR B2 sertifikatni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish