Onlayn kredit olishda firibgarlikka uchragan fuqarolardan kreditni undirish to‘xtatiladi

Onlayn kredit olishda firibgarlikka uchragan fuqarolardan kreditni undirish to‘xtatiladi

Onlayn kredit olishda firibgarlikka uchragan fuqarolarni himoya qilishga qaratilgan yangi tartib joriy etildi.

 

Unga koʻra, agar fuqaro surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qarori yoki sud ajrimi asosida jabrlanuvchi deb eʼtirof etilsa, uning nomiga frod orqali rasmiylashtirilgan onlayn kredit hamda u bilan bogʻliq foizlarni hisoblash va undirish toʻxtatiladi.

 

Bunda kredit tashkiloti yetkazilgan moddiy zararni firibgarlikni sodir etgan shaxsdan regress tartibida undirish huquqiga ega boʻladi.

 

Shu bilan birga, frod holati mavjud emasligi surishtiruv yoki sud qarori bilan tasdiqlansa, kredit va foizlarni undirish davom ettiriladi.