2026-2027-o‘quv yilidan boshlab “Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” ta’lim yo‘nalishida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan mutaxassislarga qayta tayyorlov kurslaridan o‘tmay turib ham umumiy o‘rta ta’lim maktablarida davlat va huquq asoslari fani bo‘yicha dars berishga ruxsat etiladi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 232-sonli Farmonida nazarda tutilgan.
Shuningdek, mazkur Farmon bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5–7-sinflarida tarbiya fani doirasida o‘quvchilarning huquqiy ongini shakllantirishga qaratilgan mavzularda vizual (komiks) kontentlardan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
Yangi o‘quv yilidan huquq fanidan bilish darajasini baholash bo‘yicha test sinovini tashkil etish hamda uning natijalari asosida davlat namunasidagi sertifikat berish tartibi ham joriy etiladi.
