Endi texnikum o‘quvchilariga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida stipendiya to‘lanishi mumkin

Endi texnikum o‘quvchilariga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida stipendiya to‘lanishi mumkin

Muhokamalar portaliga ʼʼTexnikumlarda dual taʼlim shaklida taʼlim olayotgan oʻquvchilarga stipendiya toʻlash tartibini joriy etish toʻgʻrisidaʼʼgi qaror loyihasi joylashtirildi.

 

Loyihaga muvofiq:

 

– 2026/2027 oʻquv yilida texnikumlarda dual taʼlim shaklida taʼlim olayotgan oʻquvchilarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida har oylik stipendiya toʻlash joriy etiladi;

 

– stipendiya texnikumlarga dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan oʻquvchilarning soniga nisbatan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) tomonidan ajratiladi;

 

– ish beruvchi tomonidan oʻquvchining kasbiy koʻnikmalarni oʻzlashtirishi va intizomi qoniqarsiz baholangan taqdirda, stipendiyani toʻlash toʻxtatiladi. Bunda dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan oʻquvchilarga stipendiya toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar oʻquvchilarning amaliyot oʻtash xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi;

 

– Agentlik, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadardual taʼlim shaklida taʼlim olayotgan oʻquvchilarga stipendiya toʻlash boʻyicha maxsus platformani ishga tushiradi;

 

– Bunda elektron platformani ishlab chiqish va qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar Agentlikning Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;

 

– Dual taʼlim shaklida taʼlim olayotgan oʻquvchilarga stipendiya toʻlash jarayonlarida korxonalar(tashkilotlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturi-apparat kompleksi axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.