Yangi baholash tartibiga koʻra, oʻquvchiga quyidagicha kunlik baho qoʻyiladi. Bunda:
Formativ baholash darsda ishtiroki uchun:
– oʻquvchi darsning hamma qismlarida faol, savollariga aniq va toʻgʻri javob bersa, guruh va juft boʻlib ishlashda ham faollik darajasi yuqori boʻlsa – 6 ball;
– oʻquvchi darsning ayrim qismlarida juda faol, savollarga toʻgʻri javob beradi, ayrim xatolarga yoʻl qoʻysa – 5 ball;
– oʻquvchi darsda faol lekin savollarga ikkilanib javob bersa, guruh, juft boʻlib ishlaganda faollik darajasi past boʻlsa – 4 ball;
– oʻquvchi dars davomida faol ishtirok etsa va toʻgʻri boʻlmagan fikrlar bildirsa – 3 ball;
– oʻquvchi dars davomida savollarga notoʻgʻri javob bersa, oʻquvchilar orasida darsdagi faolligi sezilarli boʻlmasa – 2 ball;
– oʻquvchining darsda ishtiroki sezilarli boʻlmasa – 1 ball.
Formativ baholash uy vazifalarini bajargani uchun:
- uyga vazifani toʻliq va xatolarsiz bajargan boʻlsa – 4 ball;
- uyga vazifani bajargan, xato va kamchiliklar mavjud boʻlsa – 3 ball;
- uyga vazifani qisman bajargan, xatoliklar koʻp boʻlsa – 2 ball.
Kunlik baholar maksimal 10 ball bilan baholanadi.
