1-sinflar uchun fevral oyidagi beriladigan bir haftalik taʼtil qachon boshlanishi maʼlum qilindi

1-sinflar uchun fevral oyidagi beriladigan bir haftalik taʼtil qachon boshlanishi maʼlum qilindi

Joriy yil fevral oyida 1-sinf oʻquvchilari uchun qoʻshimcha bir haftalik taʼtilni 9–14-fevral kunlari etib belgilash tavsiya qilindi.

 

Mazkur tavsiya Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan viloyatdagi maktablarga rasmiy xat orqali yetkazilgan.

 

Ma’lumot uchun, mazkur chora faqat 1-sinf o‘quvchilariga taalluqli bo‘lib, tavsiyaviy xarakterga ega.

 

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 1-sinf oʻquvchilariga koʻshimcha taʼtil belgilanishi nazarda tutilgan.

 

Nizomga koʻra, 1-sinf oʻquvchilari uchun fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil belgilanadi. Taʼtil muddati har bir maktabning oʻz pedagogik kengashi qarori asosida belgilanadi.

 

1-sinflar uchun fevral oyidagi beriladigan bir haftalik taʼtil qachon boshlanishi maʼlum qilindi