Tizimning yangi versiyasida quyidagi muhim yangilanishlar joriy etildi va foydalanishga topshirildi:
— Talaba harakati/Buyruqlar funksionalida talabaning shaxsiy grafigi uchun ham farmoyish tayyorlash imkoniyati qo‘shildi.
— Nazoratlar/Yakuniy nazorat funksionalida yakuniy nazorat qaydnomasini reglamentga muvofiq nazorat sanasidan keyin 5 kun ichida, barcha baholarni to‘liq kiritgan holda bir marta saqlash talabi joriy etildi.
Saqlash amalga oshirilgandan so‘ng qaydnoma bloklanadi va baholarni o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
— O‘qituvchi tomonidan yakuniy nazorat baholari xato kiritilgan taqdirda, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga so‘rov yuborish orqali tuzatish mexanizmi joriy etildi.
— O‘qituvchi va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor rollari uchun qaydnomadagi baholarni tahrirlash bo‘yicha so‘rovlarni boshqarish funksionali ishga tushirildi.
— Hemis tizimlari uchun OneID identifikatsiyasini to‘liq joriy etish maqsadida EduID tizimi bilan integratsiya amalga oshirildi.
— Hemis tizimining Coursera platformasi bilan integratsiyasi yo‘lga qo‘yildi va Coursera kurslaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Mazkur jarayonlar o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor nazorati ostida amalga oshiriladi.
