Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Rizayev Sadulla Xitoyning nufuzli Gongkong universitetiga yiliga 249.000 HK$ toʻliq grantni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, The University of Hong Kong (HKU) — Gongkong universiteti ‘‘QS Asia University Rankings 2026’’ reytingida 1-o‘rin, ‘‘QS World University Rankings 2026’’ dunyo reytingida 11-o‘rinda turadi. Ushbu universitetda hozirda 10 ta akademik fakultet va talabalar uchun 20 ta turar joylari mavjud bo’lib, ingliz tili asosiy o’qitish va baholash vositasi hisoblanadi.
Avvalroq, Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Otabek Komilov Doniyor o‘g‘li dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Mohammed Bin Zayed University of Artificial Intelligence universitetiga to‘liq grant asosida qabul qilingani haqida xabar berilgan edi.
