O‘zbekiston tarixida ilk bor davlat OTMlari ulushi 50 foiz miqdordan tushdi.
O‘zbekistonda 207 ta OTM faoliyat yuritmoqda, ularning soni mulkchilik shakli bo‘yicha:
– davlat OTMlar — 101 ta (48,79 foiz);
– nodavlat OTMlar — 74 ta (35,75 foiz);
– xorijiy OTMlar filiali — 32 ta (15,46 foiz)ni tashkil etmoqda.
Statistikaga ko‘ra, ulardan 125 tasi universitet, 43 tasi institut, 33 tasi filial, 5 tasi akademiya va 1 tasi konservatoriya hisoblanadi.


