‘‘14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni’’ dam olish kuni boʻlmaydi

‘‘14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni’’ dam olish kuni boʻlmaydi

Mehnat kodeksiga ko‘ra, quyidagi bayram kunlari ishlanmaydigan bayram kunlari etib belgilangan:

 

– 1-yanvar — Yangi yil;

 

– 8-mart — Xotin-qizlar kuni;

 

– 21-mart — Navroʻz bayrami;

 

– 9-may — Xotira va qadrlash kuni;

 

– 1-sentyabr — Mustaqillik kuni;

 

– 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni;

 

– 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni;

 

– Roʻza hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;

 

– Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.

 

Demak, 14-yanvar bayram boʻlgani bilan, ishlanmaydigan bayram kuni emas. Shuning uchun, 14-yanvar oʻquvchilar uchun odatdagi oʻqish, xodimlar uchun esa odatdagi ish kuni hisoblanadi.