Oliy sud tomonidan 2026-yil 10-yanvar holatiga koʻra, ekstremizm va terrorizm gʻoyalarini targʻib qiluvchi deb topilgan taqiqlangan manba va kontentlar roʻyxati yangilandi.
Mazkur materiallar ekstremistik gʻoyalarni tarqatish, zoʻravonlik va terrorizmni oqlash, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish alomatlarini oʻz ichiga olgan deb baholangan.
Qonunchilikka muvofiq, ushbu manbalarni tarqatish, saqlash yoki targʻib qilish maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin.
‘‘Hurmatli fuqarolar! Qadrli ota-onalar va yoshlar! Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzogʻiga tushib qolishdan doimo saqlaning. Ular hayotingiz va orzularingizni barbod qilishiga aslo yoʻl qoʻymang,’’ — deyiladi Oliy sud xabarida.
