Oʻzbekistonda taqiqlangan manba va kontentlarning yangilangan roʻyxati eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda taqiqlangan manba va kontentlarning yangilangan roʻyxati eʼlon qilindi

Oliy sud tomonidan 2026-yil 10-yanvar holatiga koʻra, ekstremizm va terrorizm gʻoyalarini targʻib qiluvchi deb topilgan taqiqlangan manba va kontentlar roʻyxati yangilandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur materiallar ekstremistik gʻoyalarni tarqatish, zoʻravonlik va terrorizmni oqlash, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish alomatlarini oʻz ichiga olgan deb baholangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qonunchilikka muvofiq, ushbu manbalarni tarqatish, saqlash yoki targʻib qilish maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

‘‘Hurmatli fuqarolar!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Qadrli ota-onalar va yoshlar!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzogʻiga tushib qolishdan doimo saqlaning.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ular hayotingiz va orzularingizni barbod qilishiga aslo yoʻl qoʻymang,’’ — deyiladi Oliy sud xabarida.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠