Savol: Men birinchi toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisiman. Avgust-dekabr oylari attestatsiyasida navbatdagi-majburiy turi boʻyicha ishtirok edim. Lekin, oliy toifaga oʻta olmadim. 2 toifaning balini toʻpladim. Maktab rahbariyati tomonidan hozirda menga ogohlantirish xati berilyapti. Shu toʻgʻrimi? Men endi bahorgi attestatsiyada majburiy qatnashib, agarda oʻta olmasam, mehnat shartnomasi bekor boʻladimi?
Ushbu holatda, yuqoridagi o‘qituvchiga ogohlantirish xati berilishi noto‘g‘ri. Attestatsiya natijalariga ko‘ra birinchi toifadan ikkinchi toifaga tushirilgan o‘qituvchi keyingi besh yil davomida ikkinchi toifali sifatida faoliyatini davom ettirishi mumkin.
U faqat oʻz xohishingizga koʻra navbatdan-tashqari attestatsiyada ishtirok etishi mumkin. Navbatdan-tashqari attestatsiya natijalarida past ko‘rsatkich qayd etilsa ham, amaldagi toifa pasaytirilmaydi, salbiy qaror qabul qilinmaydi.
Shuningdek, yuqoridagi o‘qituvchi holatida kuzgi attestatsiyada navbatdagi-majburiy turi bo‘yicha ishtirok etish mumkin emas. Agar o‘qituvchi 2025-yil yanvar-iyun oylaridagi attestatsiyada navbatdagi-majburiy turi bo‘yicha qatnashgan bo‘lsa, keyingi majburiy attestatsiyadan besh yil davomida ozod qilinadi, chunki majburiy attestatsiyalar oralig‘i besh yildan kam boʻlmasligi kerak.
