Maktab direktorlari 20 foiz ustama uchun KPI ko‘rsatkichlaridan necha ball to‘plashi kerak?

Maktab direktorlari 20 foiz ustama uchun KPI ko‘rsatkichlaridan necha ball to‘plashi kerak?

2026-yil 1-yanvardan boshlab Maktab direktori va uning oʻrinbosarlariga quyidagi faoliyat koʻrsatkich samaradorligi (KPI) koʻrsatkichlari boʻyicha ustama belgilanadi.

 

Jami 100 ballik koʻrsatkich asosida baholanadi. Bundan:

 

– akademik natijalar uchun — 40 ball;

 

– noakademik natijalar uchun — 10 ball;

 

– tarbiyaviy ishlar samaradorligi uchun — 15 ball;

 

– moliyaviy faoliyat samaradorligi uchun — 5 ball;

 

– malakali oʻqituvchilar bilan taʼminlanganlik darajasi uchun — 30 ball.

 

Shuningdek, koʻrsatkichlarning natijalariga qarab belgilangan ballarga nisbatan ustama foizlari belgilanadi. Jumladan:

 

Maktab direktoriga:

 

– 20 foiz — 91-100 ball;

 

– 15 foiz — 81-90 ball;

 

– 10 foiz — 71-80 ball;

 

– 5 foiz — 61-70 ball.

 

Maktab direktori oʻrinbosarlariga:

 

– 10 foiz — 91-100 ball;

 

– 7.5 foiz — 81-90 ball;

 

– 5 foiz — 71-80 ball;

 

– 2.5 foiz — 61-70 ball.

 

60 ball va unda past boʻlsa ustama belgilanmaydi.

 

Koʻrsatkichlar umumtaʼlim muassasasining Ishchi guruhi tomonidan baholanadi.

 

Avvalroq, 2025-yil 30-dekabrda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktori va uning oʻrinbosarlari faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlarining (KPI) baholash metodikasi va tartibini belgilash” toʻgʻrisidagi 478-sonli buyrugʻi qabul qilingani haqida xabar bergan edik.