Chirchiqdagi 30-sonli ixtisoslashtirilgan bog‘chada bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘linganligi aytilmoqda

Chirchiqdagi 30-sonli ixtisoslashtirilgan bog‘chada bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘linganligi aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahridagi 30-sonli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lingani aks etgan videolavha tarqaldi.

 

Mazkur holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

‘‘Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahridagi 30-sonli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lingani aks etgan videolavha yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

 

Mazkur holat boʻyicha Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, tegishli mas’ullar ishtirokida tarbiyachilarning ushbu xatti-harakatlariga nega yo‘l qo‘yilgani yuzasidan batafsil o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 

O‘rganishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi’’, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Toshkent viloyatining Piskent, Bo‘ka, Bekobod, Quyi Chirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar zaharlanish holatlari qayd etilganligi haqida xabar bergan edik.