Xorijiy til imtihonlaridan yuqori natijani qo‘lga kiritgan yoshlarga jami 111 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarib berildi

Xorijiy til imtihonlaridan yuqori natijani qo‘lga kiritgan yoshlarga jami 111 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarib berildi

O‘zbekistonda 2021−2025-yillarda xorijiy til imtihonlaridan yuqori natijani qo‘lga kiritgan 56 354 nafar yoshga jami 111 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarilgan. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi ma’lum qildi.

 

2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, qaytarilgan mablag‘larning eng katta ulushi IELTS imtihonida yuqori natijalarga erishgan yoshlarga to‘g‘ri kelmoqda, ushbu ko‘rsatkich 92,6 mlrd so‘mni tashkil etadi hamda 41 835 nafar yoshni qamrab olgan.

 

So‘nggi besh yil davomida xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha kompensatsiya asosida to‘lovlarini qaytarib olgan yoshlar soni imtihon turlari kesimida quyidagicha taqsimlangan:

 

Xorijiy til imtihonlaridan yuqori natijani qo‘lga kiritgan yoshlarga jami 111 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarib berildi

 

Yoshlar toifasiga ko‘ra ularning:

 

– 23 906 nafari — 18—23 yoshda;

 

– 22 379 nafari — 14—17 yoshda;

 

– 9 972 nafari — 24—31 yoshda bo‘lgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, 19 115 nafar yoshlarga jami 39 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ qaytarib berilgan.

 

Xorijiy til imtihonlaridan yuqori natijani qo‘lga kiritgan yoshlarga jami 111 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarib berildi

 

Taʼkidlanishicha, 18 ta xalqaro imtihon tizimida yuqori natijaga erishgan yoshlar imtihon xarajatlarini “Xazna” ilovasi orqali qaytarib olishlari mumkin.