Davlat mehnat inspeksiyasi bayram kunlari navbatchilikka jalb qilingan xodimlarga 2 hissa oylik to‘lash bo‘yicha topshiriq berdi.
Avval xabar qilinganidek, Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi 37-umumta’lim maktabi o‘qituvchilarini tun-u kun navbatchilikka jalb etilganlik holati Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda atroflicha o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, navbatchilikka jalb qilingan xodimlarga mehnat qonunchiligiga muvofiq ikki hissa miqdorida ish haqi to‘lab berish bo‘yicha ish beruvchiga yozma ko‘rsatma kiritildi.
Shuningdek, mehnat qonunchiligi talablarini buzgan maktab direktoriga nisbatan MJtKning 49-moddasiga asosan javobgarlik chorasi ko‘rildi.
Mehnat qonunchiligini buzilishini shuningdek, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida yuqori turuvchi tashkilotga taqdimnoma kiritildi.
