Qoraqalpoq davlat universitetiga yangi rektor tayinlandi

Qoraqalpoq davlat universitetiga yangi rektor tayinlandi

Bugun, 6-yanvar kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori lavozimiga Jollıbekov Berdiyar Baxtiyarovich tayinlandi.

 

Ma’lumot o‘rnida, Jollıbekov Berdiyar tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Avvalroq, Baxtiyor Alimovich Po‘latov Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) rektori etib tayinlanganligi haqida xabar bergan edik.