“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qanday maqsadlar belgilangan?

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qanday maqsadlar belgilangan?

Eʼlon qilingan Strategiya loyihasida 2030-yilgacha yoshlarning taʼlim olishi, xorijiy tillarni oʻrganishi, bandligini taʼminlash hamda xalqaro taʼlim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qator maqsadli koʻrsatkichlar belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Jumladan, strategiyada xalqaro imtihon xarajatlarini qoplash, xorijiy oliygohlarda tahsil olish va sunʼiy intellekt sohasida malakali kadrlar tayyorlash kabi yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Muhokamalar portaliga “2030-yilgacha moʻljallangan taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon loyihasi joylashtirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga koʻra, loyihasida yoshlarning intilishlarini qoʻllab-quvvatlash borasida 2030-yilga qadar quyidagi maqsadlarga erishish koʻzda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

—  Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan 86 ming nafar yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

—  Xorijiy tillarni oʻrganishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan 2+6 dasturi orqali 100 ming nafar yoshlarni jalb etish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

— “Ibrat farzandlari” loyihasini ommalashtirish va 3 million nafar yoshlarni xorijiy tillarni bepul (onlayn) oʻrganishlarini tashkil etish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

— Har yili 500 nafargacha isteʼdodli yoshlar va iqtidorli mutaxassislarni xorijning nufuzli oliygohlariga oʻqishga yuborish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

— Yoshlarning ishsizlik darajasini 15 foizdan 11 foizga kamaytirish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

— 400 ming nafar yoshlarning bandligini taʼminlash va muammolarini hal etishga erishish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

— IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni ish bilan taʼminlash.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

— “Bir million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida har yili 15 ming nafar eng iqtidorli yoshlarni nufuzli xalqaro kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

— “Mutolaa” loyihasi orqali kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish va 4,2 million nafar yoshlarni qamrab olish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, ushbu Farmon loyihasiga ko‘ra, bog‘cha va maktab pedagog xodimlarining oʻrtacha ish haqi 2 baravar oshirilishi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠