“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qanday maqsadlar belgilangan?

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qanday maqsadlar belgilangan?

Eʼlon qilingan Strategiya loyihasida 2030-yilgacha yoshlarning taʼlim olishi, xorijiy tillarni oʻrganishi, bandligini taʼminlash hamda xalqaro taʼlim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qator maqsadli koʻrsatkichlar belgilangan. Jumladan, strategiyada xalqaro imtihon xarajatlarini qoplash, xorijiy oliygohlarda tahsil olish va sunʼiy intellekt sohasida malakali kadrlar tayyorlash kabi yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratilgan.

 

Muhokamalar portaliga “2030-yilgacha moʻljallangan taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon loyihasi joylashtirildi.

 

Unga koʻra, loyihasida yoshlarning intilishlarini qoʻllab-quvvatlash borasida 2030-yilga qadar quyidagi maqsadlarga erishish koʻzda tutilgan.

 

—  Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan 86 ming nafar yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish.

 

—  Xorijiy tillarni oʻrganishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan 2+6 dasturi orqali 100 ming nafar yoshlarni jalb etish.

 

— “Ibrat farzandlari” loyihasini ommalashtirish va 3 million nafar yoshlarni xorijiy tillarni bepul (onlayn) oʻrganishlarini tashkil etish.

 

— Har yili 500 nafargacha isteʼdodli yoshlar va iqtidorli mutaxassislarni xorijning nufuzli oliygohlariga oʻqishga yuborish.

 

— Yoshlarning ishsizlik darajasini 15 foizdan 11 foizga kamaytirish.

 

— 400 ming nafar yoshlarning bandligini taʼminlash va muammolarini hal etishga erishish.

 

— IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni ish bilan taʼminlash.

 

— “Bir million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida har yili 15 ming nafar eng iqtidorli yoshlarni nufuzli xalqaro kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash.

 

— “Mutolaa” loyihasi orqali kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish va 4,2 million nafar yoshlarni qamrab olish.

 

Avvalroq, ushbu Farmon loyihasiga ko‘ra, bog‘cha va maktab pedagog xodimlarining oʻrtacha ish haqi 2 baravar oshirilishi haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish