Menejerlik sertifikatini ololmagan maktab direktori ishdan boʻshatiladimi?

Menejerlik sertifikatini ololmagan maktab direktori ishdan boʻshatiladimi?

Menejerlik sertifikatini ololmagan direktor ishdan boʻshatiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qaroriga ilova “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 38-bandiga muvofiq belgilangan ballni toʻplay olmagan nomzodlar bir yil ichida navbatdagi bitta yakuniy sinovda ishtirok etish huquqiga ega.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Birinchi marta yakuniy sinovdan oʻta olmagan direktorlar ikki oy ichida bir marta yakuniy sinovda ishtirok etishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ushbu muddat ichida yakuniy sinovda ishtirok etmagan yoki ikkinchi yakuniy sinovda ham belgilangan ballni toʻplay olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Avvalroq, “Menejerlik sertifikati yoʻqligi sababli maktab direktori oʻz oʻrinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlimi?” degan savolga javob bergan edik. ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠