Mazkur imtiyoz 2 foizli grant asosida bo’lib, jami 697 ta qo’shimcha kvotani tashkil etadi.
Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. 68 dan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi.
ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas. Lekin ular ham beshta yo‘nalish tanlay olishadi, faqat imtiyozli kvotaga kira olmay qolganda, o‘z bali bilan umumiy kvotada kurashadi.Bojxona organlari xodimlarining farzandlari o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi.
Quyidagi link orqali, Bojxona organlarida ximat qilayotgan xodimlarning farzandi uchun qo’shimcha 2 foizli davlat granti asosidagi qabul ko’rsatkichlarining OTM kesimidagi taqsimoti bilan tanishasiz: