Ta’til davrida ingliz tilini bepul va samarali o‘rganish uchun TOP-5 platforma

Ta’til davrida ingliz tilini bepul va samarali o‘rganish uchun TOP-5 platforma

Ta’til davrida ingliz tilini mustaqil va bepul o‘rganish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan onlayn platformalar mavjud. Quyidagi bepul platformalar orqali ingliz tilini mustaqil va samarali o‘rganish mumkin.

 

Duolingo
Duolingo ingliz tilini bosqichma-bosqich o‘rgatadi. Kundalik ishlatiladigan so‘z va iboralar orqali lug‘at shakllanadi. Grammatika murakkab qoidalarsiz, amaliy mashqlar yordamida tushuntiriladi. Boshlovchilar uchun qulay.

 

BBC Learning English
BBC Learning English tinglab tushunishga kuchli e’tibor beradi. Talaffuz aniq va sekin. Mavzular real hayot bilan bog‘langan. Grammatika qisqa va sodda darslar orqali tushuntiriladi. Listening’ni rivojlantirish uchun samarali.

 

LinguaLeo
LinguaLeo foydalanuvchiga moslashtirilgan o‘quv tizimiga ega. O‘rganish rejali tarzda olib boriladi. Matn, audio va video materiallar real kontekstda beriladi. Grammatika mashqlar orqali mustahkamlanadi.

 

TED-Ed
TED-Ed qisqa va mazmunli video darslarni taqdim etadi. Mavzular ilmiy va hayotiy yo‘nalishda. Grammatika alohida qoida sifatida emas, kontekst orqali tushuniladi.

 

Easy Languages (Easy English)
Easy English real hayotdagi suhbatlarga asoslangan. Subtitrlar orqali tushunish osonlashadi. Speaking va listening bir vaqtda rivojlanadi.