Sun’iy intellekt bo‘yicha yetakchi bo‘lgan maktablar elektromobil bilan taqdirlanadi

Sun’iy intellekt bo‘yicha yetakchi bo‘lgan maktablar elektromobil bilan taqdirlanadi

2025-yil 31-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni IT sohasiga jalb qilish, ularning raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirish orqali yuqori daromadli kasblarga yo‘naltirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 849-sonli qarori qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasini amalga oshirish va mazkur loyiha doirasida yil yakuniga ko‘ra eng yuqori natijalarga erishgan yoshlar, ularning o‘qituvchilari hamda ta’lim tashkilotlarini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

 

Har yili “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni taqdirlash bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazib borilishi belgilandi.

 

Bunda tanlov g‘oliblari pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar, jumladan:

– 100 nafar o‘qituvchi — 1 000 AQSh dollari ekvivalentida pul mukofoti;

– 10 nafar o‘qituvchi — xorijiy sayohatga yo‘llanma;

– 500 nafar yosh — noutbuk;

– 500 nafar yosh — qimmatbaho sovg‘alar;

– 3 ta oliy ta’lim tashkiloti — pul mukofoti;

– 2 ta umumta’lim maktabi (“Prezident sovg‘asi”) — elektromobil bilan taqdirlanadi.