Farg‘onalik 11-sinf o‘quvchisi nufuzli xorijiy universitetga to‘liq grant asosida qabul qilindi

Farg‘onalik 11-sinf o‘quvchisi nufuzli xorijiy universitetga to‘liq grant asosida qabul qilindi

Agentlik tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Otabek Komilov Doniyor o‘g‘li dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Mohammed Bin Zayed University of Artificial Intelligence universitetiga to‘liq grant asosida qabul qilindi.

 

MBZUAI — dunyoda sun’iy intellektga ixtisoslashgan birinchi universitet bo‘lib, QS xalqaro reytingiga ko‘ra AI yo‘nalishida dunyoning TOP-10 universitetlari safidan joy olgan.

 

— yiliga 45 000 AQSh dollari

 

— 4 yil uchun jami 180 000 AQSh dollari miqdoridagi to‘liq grant.

 

O‘quvchining yutuqlari:

 

– IELTS — 7 ball;

 

– AMC (Amerika matematika olimpiadasi) — milliy bosqich oltin medal;

 

– SEAMO (Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi) — milliy bosqich oltin medal;

 

– V2E nomli sun’iy intellekt loyihasi asoschisi.

 

Avvalroq, Samarqandda TOP-44 o‘rindagi universitetga to‘liq grant bilan qabul qilingani haqida xabar berilgan edi.