Adliya vazirligi tomonidan davlat oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida»gi Qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruv o’tkazildi.
Jumladan:
– Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;
– Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti;
– Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
– O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;
– Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti faoliyati o‘rganilganda mingdan ortiq adabiy asarlar muallif yoki boshqa huquq egalaridan ruxsat olinmasdan, hech qanday shartnomasiz to‘liq holda elektron shaklga o‘tkazilgani va unilibrary.uz tizimiga hamda oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylangani aniqlangan.
Aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari mas’ullariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli tartibda sudlarga yuborilgan.
Shuningdek, kelgusida bunday huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida oliy ta’lim muassasalari xodimlariga mualliflik va turdosh huquqlarga rioya qilish bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. (https://t.me/adliyaimd/7392)
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 65-moddasiga muvofiq muallif yoki boshqa huquq egasi zararni qoplash uchun huquqbuzardan BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon talab qilish huquqiga ega hisoblanadi.
