Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlari uchun 2026-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish 2026-yilning 6-yanvar kunidan boshlanadi va 1-martga qadar davom etadi.
Murojaatlarni:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytidagi pedagog.uzedu.uz (pedkadr.uzedu.uz) – platformasi orqali (ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi:
– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz/uz orqali;
– davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.
Yanvar-fevral oylarida murojaatlar qabul qilinadi.
Mart-may oylarida malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi.
Iyun oyida Sertifikatlar tarqatiladi.
Avvalroq, bahorgi pedagoglar attestatsiyasi sinovlari spetsifikatsiyasi hamda ular asosida tuzilgan namunaviy test topshiriqlari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.
