Farg‘onada maktab bitiruvchisi 5 ta fandan milliy sertifikatlarni olib, muddatidan oldin talaba boʻldi

Farg‘onada maktab bitiruvchisi 5 ta fandan milliy sertifikatlarni olib, muddatidan oldin talaba boʻldi

Farg‘ona tumanidagi 9-maktab bitiruvchisi Nigoraxon Xoshimjonova bir nechta fandan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

 

Natijalar:

 

— kimyo – 70.74 ball (A+);

 

— biologiya fanlaridan – 74.48 ball (A+);

 

— o‘zbek tili va adabiyot fanidan – 55.38 ball (B);

 

— matematika – 50.54 ball (C+);

 

— tarix – 47.79 ball (C).

 

Avvalroq, Buxoroda 11-sinf o‘quvchisi Nurmatova Elnora muddatidan oldin talaba bo‘lish imkonini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

 

Ma’lumot uchun, test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

 

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;

65 – 69,9 ball — A daraja;

60 – 64,9 ball — B+ daraja;

55 – 59,9 ball — B daraja;

50 – 54,9 ball — C+ daraja;

46 – 49,9 ball — C daraja.

 

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

 

  • A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
  • B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
  • A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

 

Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish