Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2025/2026-o‘quv yili ikkinchi yarim yilligida oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, transfer.piima.uz platformasi orqali yuborilishi mumkin.
Arizalarni joriy yilning 30-dekabr sanasidan 2026-yilning 8-yanvarga qadar Respublikaning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali yuborish mumkin.
Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinadi hamda arizalar qabul qilinishi to‘xtatilishidan boshlab 10 ish kunida platforma orqali javob yuboriladi.
Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
– o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
– arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
– o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
– ko’chirishga asos bo’luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi.
ESLAB QOLING! Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari davlat tashkilotlarida ishlaydigan ota-onasining ish joyi bir hududdan boshqa hududga o‘zgargan taqdirda, o‘sha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda o‘quvchining o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etiladi.
Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi zarur! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.
Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.
Murojaat uchun: 71 207 20 17 (180)
