Xabaringiz bor, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilangan.
Unga ko‘ra, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun ham qishki ta’til 2025-yil 28-dekabr kuni boshlanib, 2026-yil 10-yanvar kuniga qadar davom etadi.
Shu bilan birga, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi. Boshlang‘ich 1-4-sinflarda esa 27-dekabr — shanba kunidan.
Ta’til 2026-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi.
2026-yil 11-yanvar yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi.
