Buxoroda 11-sinf o‘quvchisi 5 ta fandan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

Buxoroda 11-sinf o‘quvchisi 5 ta fandan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

Buxoro viloyati Olot tumani ixtisoslashtirilgan maktab internatining 11-sinf o‘quvchisi G‘ulomova Nigora 5ta fandan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

 

Biologiya – 69.94 ball (A)

 

Kimyo – 63.45 ball (B+)

 

O‘zbek tili va adabiyoti – 62.8 ball (B+)

 

Matematika –  52.03 ball (C+)

 

Tarix – 49 ball (C)

 

Ma’lumot uchun, test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

 

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;

65 – 69,9 ball — A daraja;

60 – 64,9 ball — B+ daraja;

55 – 59,9 ball — B daraja;

50 – 54,9 ball — C+ daraja;

46 – 49,9 ball — C daraja.

 

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

 

  • A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
  • B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
  • A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

 

Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

 

Avvalroq, Samarqandda 3 nafar 9-sinf oʻquvchisi tarix fanidan A+ darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

 

Shuningdek, andijonlik 11-sinf oʻquvchi 5 ta fandan maksimal darajadagi sertifikatni olib, muddatidan oldin davlat grantini qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish